Sifat nazorati va hujjatlar
Har metr po‘lat xomashyodan tayyor profilgacha nazorat ostida bo‘ladi. Sertifikat, mahsulot passporti va rekvizitlar — tender va davlat xaridlari uchun to‘liq tayyor.
Tender uchun to‘liq hujjat paketi tayyorSifat nazorati bosqichlari
Har partiya besh bosqichli nazoratdan o‘tadi.
Xomashyo qabuli
Kelgan rulonning marka va qalinligi tekshiriladi, hujjatlari qabul qilinadi.
Galvanizatsiya
Rux qoplama rejim bo‘yicha, bir tekis yotqiziladi va kuzatib boriladi.
Rux o‘lchovi
Qoplama qalinligi asboblar bilan o‘lchanadi, har partiya bo‘yicha yoziladi.
Kesish
Profil o‘lchami va geometriyasi nazorat qilinadi, qirralar tekis chiqadi.
Yakuniy nazorat
Tayyor mahsulot ko‘zdan kechiriladi va passport bilan rasmiylashtiriladi.
Sertifikatlar
Muvofiqlik sertifikati va ro‘yxatdan o‘tganlik hujjatlarini yuklab oling.
Muvofiqlik sertifikati
№ UZ.SMT-01-0107-52553 — po‘lat profil va prokatga muvofiqlik sertifikati. 01.07.2028 gacha amal qiladi.
Yuklab olish →Ilova va standartlar
Sertifikat ilovasi: mahsulot ro‘yxati, GOST va TN VED kodlari.
Yuklab olish →Standartlar
- GOST 11474-76 — galvanizlangan po‘lat profil (ПН, ПС, ПП)
- GOST 14918-2020 — galvanizlangan po‘lat prokat (list, lenta)
- Rux qoplama: 40 g/m² (talab bo‘yicha o‘zgaradi)
- Qalinlik 0.3–2 mm, profil eni 26×26 dan 100×50 mm gacha
- Har partiya bo‘yicha sifat o‘lchovi yoziladi
Rekvizitlar
Tender yoki ulgurji uchun hujjat kerakmi?
Muvofiqlik sertifikati, mahsulot passporti va rekvizitlarni to‘liq paket qilib yuboramiz. Bog‘laning.